❕“Tommy Hilfiger” brendidagi kiyimingiz haqiqiy bo‘lmasligi mumkin!
2025-08-19 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

✅Qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar iste’molchilarni aldash, tezda boyib ketish maqsadida mashhur kompaniyalarning brendlaridan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqaradi yoki ushbu mahsulotlarni har xil chegirmalar, aksiyalar va boshqacha ko‘rinishlarda sotuvga taklif qiladi.
✅Iste’molchilar esa o‘ziga tanish bo‘lgan “brend mahsulot”larni “arzonroq” narxlarda sotib oldim deb xursand bo‘ladi, aslida “brend o‘g‘rilari” tomonidan chuv tushirilganligini hattoki sezishmaydi ham.
✅Adliya organlari tomonidan shunga o‘xshash holat mashhur “Tommy Hilfiger” brendi bilan ham sodir bo‘lishining oldi olindi.
✅Xususan, vazirlik tomonidan “Tommy Hilfiger Licensing B.V.” kompaniyasining (Niderlandiya) barchamizga tanish bo‘lgan “Tommy Hilfiger” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “P.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
✅O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “P.B.” MChJ tomonidan “Tommy Hilfiger” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt trikotaj mahsulotlar sotuvga taklif etilayotganligi aniqlandi.
✅Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “P.B.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt kiyim-kechak mahsulotlaridan “Tommy Hilfiger” tovar belgilarini olib tashlash, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarlarni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.
⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
