Notariuslar litsenziyasi toʻxtatildi
2024-07-15 10:10:00 / Vazirlik e'lonlari
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli qarori bilan:
▪️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Z.Saidova va R.Kurbanovga berilgan xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yil 10 iyuldan 15 kunga,
▪️Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius E.Axtamovga berilgan xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 10 iyuldan 15 kunga,
▪️Payariq tumanida xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius F.Muhammadiyev va Ishtixon tumanida xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Baxramovga berilgan xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 10 iyuldan 1 oyga toʻxtatildi.
