Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-04-14 16:00:00 / Vazirlik e'lonlari
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 152-moddasiga muvofiq:
Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 10-apreldagi 6-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan Oltinko‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius J.Qo‘yliyev (litsenziya AN-0053, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 11-aprel kunidan 1 (bir) oy muddatga, to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi;
Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Uzakbayev (litsenziya AN-0043, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 11-aprel kunidan 15 (o‘n besh) kun muddatga, to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi;
Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius X.Xalimov (litsenziya AN-0066, 12.08.2021-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 11-aprel kunidan 15 (o‘n besh) kun muddatga, to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.
