Farg‘onada huquqlari e’tirof etilgan fuqarolar soni 9 155 nafarga yetdi
2026-04-11 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining qarori bilan yana 2875 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etildi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning ko‘chmas mulk obyektlari huquqiy maqomga ega bo‘lib, meros va boshqa mulkiy nizolarga qonuniy yechim topilmoqda.
Eng muhimi, bu jarayon mulk daxlsizligining huquqiy kafolatini ta’minlaydi va fuqarolarning davlat tomonidan o‘z huquqlari himoya qilinishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.




