Sun’iy intellekt va huquq: kelajak sari muhim qadam
2026-04-06 09:10:00 / Vazirlik yangiliklari

✅Adliya tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari izchil davom etayotgan bir davrda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Huquqni qo‘llash amaliyotida sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.
➡️Mazkur nufuzli anjuman huquq sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.
⏺Tadbirda yetakchi olimlar, huquqshunos-amaliyotchilar, sud-huquq tizimi vakillari, IT mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
🔹 Sun’iy intellektni huquqni qo‘llash amaliyotiga integratsiya qilish
🔹 Sud qarorlarida inson omili va algoritmik yondashuv muvozanati
🔹 Shaffoflik, hisobdorlik va etik masalalar
🔹 Ma’lumotlar himoyasi va shaxsiy hayot daxlsizligi
🔹 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning zamonaviy usullari kabi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi.
⚡️Konferensiya yakunida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar huquqni qo‘llash tizimini modernizatsiya qilish, qonunchilikni takomillashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz va samarali joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
➡️ Mazkur tadbir nafaqat ilmiy muloqot maydoni, balki kelajakdagi keng ko‘lamli islohotlar uchun mustahkam konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.









