Adliya vazirligi xodimlari uchun psixologik trening tashkil etildi
2026-03-30 16:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligi xodimlarining kasbiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi.
Adliya organlari boshqaruv xodimlari uchun muloqot madaniyatini oshirish, stressni samarali boshqarish, konfliktli vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish hamda samarali tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.
Mazkur trening doirasida ishtirokchilarga mavzu yuzasidan zarur nazariy bilimlar yetkazildi hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali tegishli ko‘nikmalar shakllantirildi. Mashg‘ulotlar interaktiv yondashuvlar asosida olib borildi.
Trening malakali psixolog Dilrabo Isroilova tomonidan olib borildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.




