Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan Yashnobod tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
2026-03-28 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
⚠️ Yig‘ilishda mas’ul rahbarlarning faoliyati yuzasidan axborotlari tinglanib, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📊 Ayniqsa, profilaktika ishlarining yetarli darajada tashkil etilmagani, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda sanitariya nazorati organlari faoliyatida mavjud kamchiliklar alohida qayd etildi.
📌 Yig‘ilish yakunida har bir mas’ul rahbar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatilib, natijadorlik uchun shaxsiy javobgarlik belgilanishi ta’kidlandi.




