Toshkent viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 4 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-03-26 16:20:00 / Vazirlik e'lonlari
1. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 13-martdagi 7/2026-son yig‘ilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 16-martdagi 67-um-son buyrug‘iga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angren shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Miraxmedova Nargiza Muxammadjonovnaga Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0056 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 16-mart kunidan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.
2. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 13-martdagi 8/2026-son yig‘ilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 16-martdagi 68-um-son buyrug‘iga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angren shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Niyazov Umid Irismatovichga Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yil 20-aprelda berilgan TS 0013 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026- yil 16-mart kunidan 15 (o‘n besh) kun muddatga to‘xtatildi.
3. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 13-martdagi 9/2026-son yig‘ilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 16-martdagi 70-um-son buyrug‘iga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘rta Chirchiq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Mamirova Muxayyoxon Urazaliyevnaga Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yil 27-aprelda berilgan TS 0085 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 20-mart kunidan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.
4. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 13-martdagi 10/2026-son yig‘ilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 16-martdagi 69-um-son buyrug‘iga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Bekmurotova Charos Salimboyevnaga Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yil 27-aprelda berilgan TS 0084 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 20-mart kunidan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.
