Naqdsiz to‘lovlar va shaffoflik – muhim ustuvor yo‘nalish
2026-03-25 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramovning Samarqand shahriga xizmat safari doirasida naqdsiz to‘lovlar tizimini rivojlantirish va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Unda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda tijorat banklari, jumladan “O‘zmilliybank” AJ Samarqand shahri filiali vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha elektron hisob-kitob tizimi hamda axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish va uzluksizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosi va uning amaliy samaradorligi o’rganildi.
Tadbir yakunida tizim shaffofligini oshirish, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.






