Qo‘shrabotda “Farovonlik markazi” faoliyati o‘rganildi
2026-03-24 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘shrabot tumani “Navkat” mahallasida barpo etilgan zamonaviy “Farovonlik markazi”da bo'ldi.
Xizmat safari davomida markazning bugungi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
- bepul xorijiy til kurslari
- IT yo‘nalishidagi zamonaviy darslar
- tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalari
- turli kasb-hunar o‘quv kurslari
Vazir markazda tahsil olayotgan yoshlar, tadbirkorlikni boshlagan fuqarolar hamda ish bilan ta’minlangan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qildi.
Suhbat jarayonida markaz faoliyatini yanada kengaytirish, o‘quv dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda yoshlarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi orqali ularning qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, bunday “Farovonlik markazlari” yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining daromadini oshirish va hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadamdir.








