Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 6 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-03-24 17:45:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 152-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 45-bandiga asosan, Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 12-martdagi 4-son yig‘ilish qaroriga asosan,
Andijon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Aduraxmonov (litsenziya AN-0045, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 13-mart kunidan 1 oy muddatga;
Buloqboshi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius R.Nosirova (litsenziya AN-0028, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 13-mart kunidan 3 oy muddatga;
Oltinko‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Ibragimov (litsenziya L-664255, 07.02.2023-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 13-mart kunidan 1 oy muddatga;
Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Siddikov (litsenziya AN-0020, 20.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2025-yil 13-mart kunidan 15 kun muddatga;
Andijon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.G‘ulomjonov (litsenziya L-6642225, 19.11.2024-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 13-mart kunidan 15 kun muddatga;
Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Qurbonov (litsenziya L-664271, 27.05.2023-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 13-mart kunidan 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.
