Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yashnobod tumanida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-03-18 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Adliya vazirligi tomonidan aholining bandligini ta’minlash va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish maqsadida Yashnobod tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
🔹Tadbir 18-mart kuni Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘tkazilib, unda 25 ta yirik korxona va tashkilotlar 650 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, 9 ta tijorat banklari ham jalb qilindi.
Yarmarkada 150 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, natijada:
• 8 nafar fuqaro ishga joylashtirildi
• 25 nafari ishga yo‘naltirildi
• 12 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi
• 13 nafari ishga kirish uchun anketa to‘ldirdi
🔹Bundan tashqari, 18 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganish uchun o‘quv markazlariga yo‘naltirildi.






