Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-03-18 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 18-mart kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📌 Ma’lumot uchun, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti, Hindiston milliy kriminalistika fanlari universiteti va “Axxonet System Technologies” kompaniyalarning hammuassisligida tashkil etildi.
👨💼Tadbirda “Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi”ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda olib boriladigan tadqiqotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda sud-ekspertiza sohasini yanada rivojlantirish, sohani raqamlashtirish, sud-ekspertiza sohasiga sun’iy intellektni joriy etish, bu borada Hindiston tajribasi keng qo‘llash masalalari muhokama etildi.
✅Markaz faoliyati mamlakatimizda yuridik ta’limni yanada rivojlantirish, talabalarning amaliy bilim olishini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga joriy etish, sud-ekspertiza sohasini raqamlashtirish, unga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng jalb etishga ko‘maklashish hamda raqamli sud ekspertizalariga oid tadqiqotlarni o‘tkazishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.






