Yashnobod tumanida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi oshirilmoqda
2026-03-18 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha Yashnobod tumanining “Cho‘lpon” va “Katta Qo‘yliq” MFY hududlarida tungi vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida "tashvish tugma"larining ishchanlik holatini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli "reyd tadbirlari" tashkil etildi.
Tadbir davomida savdo nuqtalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda aholi gavjum joylarda o‘rnatilgan tashvish tugmalarining texnik holati, ularning tezkor xizmatlar bilan uzluksiz bog‘langanligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri ishlashi atroflicha tekshirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.



