Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, Qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Toth boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga xizmat safari doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
2026-03-15 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Xizmat safarining ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir qator muassasalarda bo‘ldilar.
Delegatsiya vakillari Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan notarial idoraga tashrif buyurib, O‘zbekistonda notariat tizimi faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar hamda notarial jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
“O‘zbekistonda notariat tizimining raqamlashtirilgani va xizmatlarning fuqarolar uchun qulay tashkil etilgani e’tiborga loyiq. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilayotganini ko‘rish mumkin”, — dedi Zoltan Toth.



