“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasiga start berildi
2026-03-12 09:00:00 / Vazirlik e'lonlari
Adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar respublika bo‘ylab “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Huquqiy aksiya doirasida adliya organlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy maslahatlar, tushuntirish tadbirlari hamda “Adliya kuni” uchrashuvlari tashkil etiladi.
Aksiya davomida xotin-qizlar:
- o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahat olishlari;
- davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam olishlari;
- bepul davlat xizmatlari hamda elektron platformalardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni joyida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qonuniy choralar ko‘riladi.
Barcha xotin-qizlarni huquqiy aksiya tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar adliya organlarining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.
