Adliya vazirligi 2025-yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazadi
2026-03-10 15:00:00 / Vazirlik e'lonlari
2026-yil 27-mart kuni soat 15:00 da Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining 2025-yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanida Adliya vazirligi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, aholiga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishlarida erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot beriladi.
Shuningdek, tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarning savollariga javob beriladi.
Matbuot anjumanida barcha OAV vakillari hamda qiziquvchilar ishtirok etishga taklif etiladi.
