Adliya vazirligida ayollarga hurmat va ehtirom ko'rsatildi
2026-03-06 13:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida ayollarga alohida hurmat va ehtirom ko'rsatilib, ularning jamiyat hayoti hamda adliya tizimidagi fidokorona mehnati e'tirof etildi. Bayram munosabati bilan ularga esdalik sovg'alari topshirilib, ko'tarinki kayfiyat ulashildi.
Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!









