Intellektual mulk yuzasidan tadbir tashkil etildi
2026-03-04 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida hududiy Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va huquqiy himoya qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga o‘z brendini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ariza topshirishdan oldingi dastlabki tekshiruvni amalga oshirish hamda mazkur yo‘nalishda yuzaga kelgan muammolarga huquqiy yechim topishda yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari oʻz brendlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.




