“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar
2026-02-21 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🔸“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish yo‘nalishida qator amaliy va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🔹 Xalqaro seminar-trening tashkil etildi 18-fevral kuni vazirlik hamda hududiy adliya organlari xodimlari uchun Schmitt & Orlov xalqaro yuridik kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Unda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajriba hamda amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
🔸 Farg‘ona viloyatida targ‘ibot va amaliy ishlar olib borildi Hududda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Vazirlik mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlar uchun belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan “Osiyo market” supermarketi “Kontrafaktsiz savdo obyekti” deb e’tirof etilib, rahbariyatiga tegishli sertifikat topshirildi.
🔹 Bosh prokuratura xodimlari uchun seminar o‘tkazildi 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun intellektual mulk huquqlari sohasida seminar-trening tashkil etildi. Unda vazirlik xodimlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔸Adliya organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish hamda tadbirkorlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.



