Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi
2026-02-07 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish hamda uni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan Adliya vazirligi ishchi guruhi faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonda Adliya vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolariga tahlil asosida hududda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.





