“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi
2025-12-09 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Adliya vazirligida vazirlik markaziy apparati va vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi 120 nafardan ortiq xodimlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi N.Masharipova tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatchilarining manfaatlar to‘qnashuvi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi masalalariga yuzasidan taqdimot qilinib, ishtirokchilar bilan savol-javob tarzida ma’ruza qilindi.
Ishtirokchilarga korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilib, jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan shaxsning oila a’zolaridan uzilib qolganligi va farzandlarining qiynalishi aks etgan videorolik namoyish etildi.
Shuningdek, mas'ullar tomonidan vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichki idoraviy hujjatlar talablariga rioya qilinish holati, vazirlik huzuridagi muassasalarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida belgilangan talablar to'g'risida ma’ruza qilindi.







