Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
2025-12-02 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 2-dekabr kuni Adliya vazirligida Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida NNT vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuvda 40 nafarga yaqin NNT rahbarlari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Muloqotda shu bilan birga barcha hududiy adliya organlari zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
🔸Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muhammmadiyev ishtirok etdi va NNTlar davlat bilan eng yaqin hamkor sifatida islohotlarning faol qatnashchisiga aylangani ta’kidlandi.
🔹 Tadbirdan ko’zlangan maqsad, NNT faoliyatidagi muammolarni birgalikda hal qilish, yangilik va takliflarni eshitish, islohotlar bo‘yicha ochiq fikr almashish.
🔻Ma’lumot uchun:
▪️Mamlakatimizda 10 mingga yaqin NNT erkin faoliyat yuritmoqda.
▪️Ularda 70 ming nafar inson mehnat qilmoqda.
▪️NNTlar har yili davlat dasturlarining 350 dan ortiq bandlari ijrosida bevosita ishtirok etmoqda.
🔸Muloqot davomida ishtirokchilarga NNTlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va “Fuqarolik jamiyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasi haqida ma’lumot berildi.
♦️Tadbir yakunida, ijtimoiy sohada faoliyati bilan ajralib turgan NNT rahbarlari Adliya vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.








