Binoning fasad qismini yuvish va tozalash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar diqqatiga
2024-07-03 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasi 29-uyda joylashgan ma’muriy binoning fasad qismini changdan yuvish va tozalash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalarni tanlab olish maqsadida tijorat takliflarini 2024-yil 4-iyul soat 09:00 dan 8-iyul soat 12:00 gacha qabul qilinishini eʻlon qilamiz.
Fasad qismining o‘lchamlari:
1) Alyupan – 5 768,10 m2;
2) Granit – 863,12 m2;
3) Vitraj – 4 343,36 m2
4) Majlislar zali stullari 80 dona
Ishlarni bajarish va yakunlash uchun 30 ish kuni beriladi. Binoga kelib o‘rganib ketishingiz mumkin.
Maʻlumot uchun 71-203-50-50 (01-995) raqamlariga qoʻgʻiroq qilishingiz yoki tijorat taklifini imv@exat.uz pochta manziliga yuborishingiz mumkin.
