Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar festivali” tashkil etildi
2024-06-24 12:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 25-avgustdagi OʻRQ-437-sonli Qonuniga asosan, mamlakatimizda 30-iyun “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni” etib belgilangan boʻlib, har yili respublikamizda “Yoshlar oyligi” doirasida keng nishonlanib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida ushbu oylikni koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida, joriy yilning 22-iyun kuni Kinochilar saroyida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar festivali” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.
Tadbirda vazirlikda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tizimda samarali xizmat qilayotgan yilning eng faol yosh xodimlari taqdirlanib, ularga vazirlikning esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Shuningdek ishtirokchilarga konsert dasturi hamda “Bahodir Yalangtoʻsh” badiiy filmi premyerasi namoyish etildi.









