Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Olimlar”, “Navnihol” va “Sayram” MFYlari faollari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2024-03-05 17:40:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, sektorlar masʼullari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuv “mahalla yettiligi” tizimining imkoniyatlariga bagʻishlandi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida tatbiq qilingan yangi mexanizmning imkoniyatlariga toʻxtalib oʻtishdi. “Yettilik” aʼzolarining hamkorlikda ishlashi aholi muammolarini hal etishda, mahallalarni obod va xavfsiz hududga aylantirishda mustahkam kuch boʻlishi taʼkidlandi.
Oʻzaro muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda mahallalarning kriminogen vaziyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarga ham eʼtibor qaratilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi murosasizlik muhitini qaror toptirish yuzasidan faollarga tavsiya berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati