Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida boʻldi
2024-02-15 14:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyati Transportda jamoat tartibini saqlash boshqarmasida boʻlib,shaxsiy tarkib bilan saf koʻrigi oʻtkazdi.
Tizim xodimlari faoliyati, jangovar-ruhiy holatini oʻrganib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar borasida yoʻriqnoma oʻtdi.
Soʻngra, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar, binoda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi koʻzdan kechirilib, masʼul shaxslarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Xuddi shuningdek, Qarshi markaziy shohbekatida boʻlib, yoʻlovchilarni kutib olish va kuzatish jarayonlari, ularga xizmat koʻrsatish borasida yaratilgan qulayliklarni koʻzdan kechirdi.
Vazir oʻrinbosarining oʻrganishlar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati