Vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligida Andijon viloyatida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi
2024-02-10 09:55:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligida Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa va Jalaquduq tumanlari Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmati qilib nafaqaga chiqqan faxriylar hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida sohada koʻp yillar xizmat qilgan faxriylarning boy tajribasini oʻrganish, ularning ijobiy fazilatlari, hamda qimmatli oʻgitlarini yosh avlodga ibrat sifatida koʻrsatish, yosh kadrlarning xizmat faoliyatida faxriy xodimlarning kasb mahorati va koʻnikmalaridan foydalanishga muntazam ravishda eʼtibor qaratilishi lozimligi, shuningdek bugungi kunda tizimda yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida soha faxriylariga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati