Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari B.Т.Аbdullayev tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor va Yunusobod tumanlarining bir qator obyektlarida tungi xizmat faoliyati oʻrganib chiqildi
2023-12-25 15:00:00 / Yangiliklar
Jumladan, Chilonzor tumani boʻyicha:
“Beshyogʻoch” mahallasida joylashgan “Magic city” oilaviy koʻngilochar bogʻida tashkil etilgan tungi xizmat faoliyati bilan tanishildi va bayram tadbirlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar oʻrganildi.
“Erkin” YPX maskanida tashkil etilgan tungi xizmat faoliyati bilan tanishildi va tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga xizmatni hushyorlik va ogohlik bilan tashkil etish, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.
Bunyodkor koʻchasida joylashgan «7-sonli avtobus saroyi” faoliyati bilan tanishilib, jamoat transportlarining qish mavsumida fuqarolarga uzluksiz xizmat koʻrsatishini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berildi.
Chilonzor tumani hududiga tungi xizmatga jalb qilingan “Hamkor-22» faoliyati bilan tanishildi va jamoat tartibini namunali tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, xodimlarga ajratilgan yangi namunadagi formali kiyim boshning qulayliklari yuzasidan xodimlar bilan fikrlashdi.
Chilonzor tumani 2-sonli IIBda tungi xizmatning tashkil etilganlik holati, navbatchilik qismi hamda vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati oʻrganildi va tegishli topshiriqlar berildi.
Yunusobod tumani boʻyicha:
Tumanning Istiqlol koʻchasidagi “Maʼrifat markazi” yaqinida “Yangi yil bayramining bosh archasi” oʻrnatilgan hududda boʻlib, bayramga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi va Yangi yil bayrami arafasida jamoat tartibini saqlash yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tungi tekshiruvlar davom etmoqda.
IIV JXD Axborot xizmati