Xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
2024-07-31 14:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda xitoy tarafi Oʻzbekistonda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, aholining turmush farovonligini oshirish, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sonini kamaytirish, xorijiy yurtlarda qiyin sharoitga tushib qolgan vatandoshlarimizni mamlakatimizga qaytarish hamda jamiyatga toʻlaqonli moslashishini taʼminlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarni eʼtirof etdi.
Uchrashuv jarayonida tomonlar inson huquqlarini kafolatli taʼminlash, ayniqsa voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda shaxsga nisbatan qiynoq va boshqa tazyiqlarning oldini olish borasida koʻrilayotgan choralarga doir ikki davlatning ijobiy tajribasi haqida suhbatlashdilar.
Shuningdek, tadbirda inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni tizimli asosda yanada faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida ikki mamlakatning sohaga oid hamkorlik borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi