audio

    0+
    IIV Jamoat xavfsizligi departamentida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga bagʻishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi

    Joriy yilning 26-iyul kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev huzurida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

    IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar boʻyicha tahliliy muhokama etildi.

    Kun tartibidagi masalalar boʻyicha Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi maʼruzasida belgilangan vazifalarga sidqidildan yondashmasdan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan ayrim hudud rahbarlari va xodimlarining ish faoliyati tanqid ostiga olindi.

    Yigʻilish yakunida general-mayor B. Abdullayev tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

    IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati

    • view_icon 234
    : 2024-07-28 08:45:28