
Davlat tili va ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Ona tili — xalqning ma’naviy poydevori va milliy o‘zligini ifodalovchi asosiy unsurdir. Til davlatning ramzlari — Bayroq, Gerb va Madhiyaga teng darajada hurmatga sazovor bo‘lib, uning rivoji va asrlar davomida saqlanib kelishi millat farovonligining muhim belgisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat tilining maqomini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi, shu bois o‘zbek tili qonun bilan himoyalanadigan va muqaddas davlat qadriyati sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda agentlikning ichki buyruqlari va ko‘rsatmalari asosida rejalashtirilib, amalga oshiriladi. Ushbu huquqiy hujjatlar agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda maqsad va vazifalarning tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda bajarilishini ta’minlaydi.


