
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro shartnomalar
“O‘zbekkosmos” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari kosmik faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida qator davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarni imzolagan.
Jumladan:
Hindiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (2018 yil).
Qozog‘iston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va undan foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim (2021 yil).
Fransiya Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Fransiya Respublikasi Milliy kosmik tadqiqotlar markazi o‘rtasida kosmik sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Hadli Bitim (2018 yil).
Koreya Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya Respublikasi Ilm-fan va AKT vazirligi o‘rtasida kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi (2019 yil).
Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligi va Koreya aerokosmik administratsiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi (2025 yil).
Turkiya Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Sanoat va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish, kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Ahdlashuv bayonnomasi (2024 yil).
Ozarbayjon Respublikasi
“O‘zbekkosmos” agentligi va Ozarbayjon kosmik agentligi o‘rtasidagi Anglashuv memorandumi (2022 yil).
Pokiston Islom Respublikasi
“O‘zbekkosmos” agentligi va Pokiston Kosmik fazo va yuqori atmosferani tadqiq etish komissiyasi (SUPARCO) o‘rtasida Anglashuv memorandumi.
Xitoy Xalq Respublikasi
“O‘zbekkosmos” agentligi va Xitoy milliy kosmik administratsiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi (2025 yil).


