"O'zbekkosmos" vakili kosmik monitoring bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini namoyish etdi
2026-10-26 18:10:00 / Yangiliklar

26–27-oktabr kunlari Bangkokda o‘tayotgan ICC RESAPning 30-sessiyasida "O'zbekkosmos" agentligi vakili O‘zbekistonning kosmik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tajribasini taqdim etdi.
Ma’ruzada 2025–2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan foydalanish, sun’iy intellekt asosidagi yechimlar va xalqaro hamkorlik loyihalari haqida so‘z bordi.
Shuningdek, kosmik texnologiyalarni barqaror rivojlanish yo‘lida qo‘llash bo‘yicha 2018–2030-yillarga mo‘ljallangan mintaqaviy Harakatlar rejasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi — UNESCAP huzuridagi ushbu sessiya mintaqa davlatlari uchun tajriba almashish va kosmik texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish maydonidir.



