
Elektron hukumat
Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Amalga oshirilgan yirik loyihalar:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)
Ochiq ma’lumotlar portali (data.egov.uz)
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)
“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi (license.gov.uz)
“Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizim (birdarcha.uz)


