Agentlik haqida
O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish, kosmik tadqiqotlar va zamonaviy kosmik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, kosmik texnologiyalardan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida samarali foydalanishni ta’minlash hamda milliy kosmik infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, kosmik tadqiqotlar, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, yerni masofadan zondlash, kosmik monitoring hamda geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi “O‘zbekkosmos” agentligi faoliyati doirasida kosmik texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya, suv xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarga joriy etish, hududlarni kosmik monitoring qilish hamda davlat boshqaruvi uchun tahliliy ma’lumotlar tayyorlash yo‘nalishlari izchil rivojlantirilmoqda.
Shuningdek, agentlik kosmik tadqiqotlar sohasida ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali mamlakatning kosmik salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“O‘zbekkosmos” agentligi faoliyati kosmik texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshirish, hududlarni barqaror rivojlantirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan.
