NASA ma’lumotlari bilan ishlash uchun Amerikaga borish kerak deb o‘ylaysizmi?
2026-10-23 18:05:00 / Yangiliklar

Yo'q, buning uchun Toshkentga kelishingiz kifoya.
14–15-noyabr kunlari Uzcosmos agentligi NASA Space Apps Challenge xalqaro xakatonini tashkil etmoqda.
NASAning ochiq ma’lumotlari bilan ishlang, jamoangiz bilan global muammolarga yechim izlang va g‘oyangizni haqiqiy loyihaga aylantiring.
Ishtirok etish mutlaqo bepul.
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va birga qatnashmoqchi bo‘lgan do‘stingizga yuboring.
Toshkentda ko‘rishamiz!
