18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun!
2026-11-18 12:40:00 / Yangiliklar

Davlat bayroğimiz milliy ğururimiz, xalqimizning ezgu orzu-intilişlari, tinçlik va osoyiştalik, birlik va hamjihatlik timsolidir. Unda mujassam ranglar, hilol va yulduzlar xalqimizning boy tarixiy merosi, bugungi bunyodkorlik salohiyati hamda yorqin kelajakka bölgan işonçini ifodalaydi.
Özbekiston bayroği xalqaro maydonlarda, jumladan, ilm-fan va kosmik tadqiqotlar sohasida ham yurtimiz şa'nini munosib namoyon etmoqda. Kosmik texnologiyalar va innovatsiyalar sari taşlanayotgan har bir qadamda Vatanimiz bayroğini yanada yuksaklarga kötariş, Özbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlaşdek ezgu maqsad mujassam.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi jamoasi barça yurtdoşlarimizni uşbu qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etadi.
Bayroğimiz doimo baland hilpirasin, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bölsin!
