Özbekistonda kosmik faoliyat, sun’iy yöldoşlar va kosmik monitoring mavzularini ommaviy axborot vositalarida professional yoritiş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan media-trening taşkil etildi
2026-11-20 12:15:00 / Yangiliklar

2026-yil 19-noyabr kuni Toşkent şahridagi “School 21” IT-maktabida “Özbekkosmos” agentligi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun Kontent tayyorlaş markazi hamkorligida jurnalist va blogerlar uçun media-trening ötkazildi.
Trening asosiy maqsadi media vakillarining kosmik faoliyat, sun’iy yöldoşlar, kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalariga oid bilimlarini oşiriş, murakkab ilmiy-texnik mavzularni keng jamoatçilikka sodda, tuşunarli va töğri yetkaziş könikmalarini şakllantirişdan iborat böldi.
Iştirokçilarga Özbekistonning kosmik sohadagi faoliyati, “Özbekkosmos” agentligining asosiy yönalişlari, milliy loyihalar va xalqaro hamkorlik haqida ma’lumot berildi. Şu bilan birga, sun’iy yöldoşlar, orbitalar, raketalar, masofadan zondlaş texnologiyalari hamda kosmik ma’lumotlarni oliş jarayonlari böyiça mutaxassislar tomonidan taqdimotlar qilindi.
Media-trening amaliy qismida iştirokçilar uçun kosmik mavzularga bağişlangan intellektual viktorina taşkil etildi. Şuningdek, tört kişidan iborat guruhlarga bölingan iştirokçilar gidravlik raketalarni loyihalaştiriş, yasaş va uçiriş böyiça amaliy maşğulotda qatnaşdi. Mazkur maşğulot davomida ular raketa harakatining asosiy tamoyillarini amaliy tajriba orqali örganiş imkoniyatiga ega böldi.
Mazkur tadbir jurnalist va blogerlarning kosmik soha böyiça ixtisoslaşgan bilimlarini takomillaştiriş, kosmik texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida keng hamda tuşunarli yoritiş könikmalarini şakllantirişga xizmat qildi.







