Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 831,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud
2025-10-20 11:05:00 / Infografika

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 831,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud
2025-yil 15-oktabr holatiga 173 391 ta tashkilotning 747 940 xodimida 882 939 soliq obyekti bo‘yicha 831,5 mlrd so‘m (yer solig‘i - 501,2 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 330,3 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
▫️ 150,8 mlrd so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️ 35,8 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️ 644,9 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):
▪️ sanoat sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 130,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140,7 mlrd soʻm;
▪️ qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 50,9 mingta tashkilotda ishlovchi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138,6 mlrd soʻm;
▪️ savdo sohasidagi 41,3 mingta tashkilotda ishlovchi 71,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 mlrd soʻm;
▪️ qurilish sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90,3 mlrd soʻm;
▪️ tashish va saqlash sohasidagi 5,4 mingta tashkilotda ishlovchi 33,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30,6 mlrd soʻm;
▪️ yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 9,2 mingta tashkilotda ishlovchi 16,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd soʻm;
▪️ sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,3 mingta tashkilotda ishlovchi 10,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11,7 mlrd soʻm;
▪️ axborot va aloqa sohasidagi 2,2 mingta tashkilotda ishlovchi 9,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8,7 mlrd soʻm;
▪️ boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16,8 mingta tashkilotda ishlovchi 65,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 79,8 mlrd soʻm.
Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi lozim bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
🔻"Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 4 mlrd so‘m;
🔻"Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati" AJ - 3,3 mlrd so‘m;
🔻 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ - 3,3 mlrd soʻm.
