I yarim yillikda 39 mlrd so'm ijtimoiy keshbek qaytarildi
2025-08-05 10:30:00 / Qo'mita yangiliklari
I yarim yillikda 39 mlrd so'm ijtimoiy keshbek qaytarildi
Ijtimoiy keshbek olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS summasini qaytarib olishlari mumkin.
I yarim yillikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 39 mlrd so'mdan ortiq QQS keshbek sifatida qaytarildi.
QQS qaytariladigan mahsulotlar ro'yxati:
1. Qo'y go'shti
2. Parranda go'shti
3. Mol go'shti
4. Tuxum
5. O'simlik yog'i
6. Un
7. Shakar
8. Dori vositalari
9. Tibbiy xizmatlar
PQ-113, 05.04.2023-yil
QQS summasini qaytarish uchun "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan iste'molchi Soliq ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida ro'yxatdan o'tadi va ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi kerak.
QQS summasini chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ng Soliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish mumkin.
Soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi
