Subsidiya asosida ipoteka krediti olgan fuqarolar uchun soliq imtiyozlari mavjud
2025-07-16 09:45:00 / Qo'mita yangiliklari

Subsidiya asosida ipoteka krediti olgan fuqarolar uchun soliq imtiyozlari mavjud
Davlat byudjetidan ajratilgan subsidiya asosida ipoteka kreditlari olgan fuqarolar:
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan (JSHODS) ozod qilinadi.
Soliq to‘lovchining ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari quyidagi hollarda JSHODSdan ozod qilinadi:
- Davlat byudjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yo‘naltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha bo‘lgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;
- Yosh oilaga ajratilgan ipoteka krediti va ularga hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltirilgan soliq solinadigan daromadlari er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga (30 yosh) to‘lguniga qadar.
Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandi
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
