Soliq ilovasi — yana “Yil brendi”!
2025-05-04 14:00:00 / Qo'mita yangiliklari

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Soliq ilovasi foydalanuvchilari soni 10 millionga yaqinlashdi. Yuklab olishlar bo‘yicha u O‘zbekistondagi eng ommabop moliyaviy ilovalar orasida App Store va Play Marketda yetakchi o‘rinni egalladi.
Bunday yutuqlarga ilovaning doimiy takomillashuvi natijasida erishildi. Bugungi kunda ilovada 36 ta raqamli xizmatlar mavjud — ma’lumotnomalarni olishdan tortib, soliq hisobotlarini nazorat qilishgacha.
Yangi imkoniyatlar orasida — aynan tadbirkorlar uchun yaratilgan “Soliq Biznes” bo‘limi va kommunal xizmatlar to‘lovini qulay amalga oshirish uchun “Mening uyim” xizmati mavjud.
Biz uchun ovoz bergan va xizmatlarimizdan foydalangan har biringizga minnatdorlik bildiramiz!
Sizning ishonchingiz bizga yanada kuch va ilhom bag'ishlaydi.
