1-aprel - jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni
2025-03-27 15:25:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiyani my3.soliq.uz saytining “Barcha xizmatlar” bo‘limidagi “Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya” elektron xizmati orqali taqdim etiladi.
Soliq solinadigan daromad turlaridan biri bu fuqarolar o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromad hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoki oldi-sotdi shartnoma asosida yoxud kadastr organida mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida olish bahosi yoki kadastr qiymatidan qimmatga sotilsa, soliq majburiyati yuzaga keladi.
Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
