DIQQAT! SOLIQ QÖMITASI OGOHLANTIRADI!
2026-11-19 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Kiberfiribgarlar turli aldov usullaridan foydalanib, fuqarolarning şaxsiy kabinetlari, elektron poçta manzillari, bank hisobvaraqlari hamda davlat elektron xizmatlariga kiriş ma’lumotlarini qölga kiritişga urinmoqda.
Şaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qiliş mumkin?
- Faqat rasmiy veb-saytlar va işonçli manbalardan foydalaning.
- Noma’lum havolalar orqali login va parollaringizni kiritmang.
- Şubhali dasturlar va noma’lum APK fayllarni örnatmang.
- Har bir akkaunt uçun alohida, murakkab paroldan foydalaning.
- Imkoniyat mavjud bölsa, ikki bosqiçli autentifikatsiyani (2FA) yoqing.
- Login yoki parolingiz sizib çiqqaniga şubha tuğilsa, parolni darhol işonçli qurilmadan almaştiring va faol sessiyalarni yakunlang.
Agar Siz ham login va parollaringiz öğirlanişi, şaxsiy akkauntingizga ruxsatsiz kirilişi yoki şu kabi kiberfiribgarlik holatlariga duç kelgan bölsangiz, bu haqda Telegram’dagi @soliquz_report_bot orqali bizga xabar berişingizni söraymiz
