Yangi Toşkent va Samarqanddagi "Şirin" massivida yirik şaharsozlik loyihalari uçun soliq imtiyozlari va preferensiyalar joriy etiladi
2026-11-12 12:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi Farmoni qabul qilindi.
PF-243-son, 10.11.2026-y.
Unga köra, Yangi Toşkent şahri va Samarqand şahri “Şirin” massivida (maxsus hududlar) şaharsozlik sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş böyiça "tartibga soliş qumdoni" maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.
Maxsus huquqiy rejimi doirasida "davlat investitsiyaviy şerik" tamoyili asosida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi.
Foyda solig'i
Maxsus huquqiy rejimi doirasida şaharsozlik loyihasini amalga oşiruvçi yuridik şaxslar quyidagi muddatlar davomida loyiha obyektini ijaraga beriş va sotiş natijasida olingan foydadan 1% stavka böyiça foyda soliğini tölaydi:
▫töğridan-töğri investitsiyalar hajmi kamida 50 mln AQŞ dollarini taşkil etganda — 5 yil davomida,
▫100 mln AQŞ dollarini taşkil etganda — 10 yil davomida,
▫500 mln AQŞ dollarini taşkil etganda — 15 yil davomida.
Töğridan-töğri investitsiyalar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilgan taqdirda, foyda soliğining pasaytirilgan stavkasi ularning jami hajmi belgilangan miqdorga yetgan sanadan boşlab tegişli obyekt foydalanişga topşirilgan sanadan eʼtiboran qöllaniladi.
Töğridan-töğri investitsiyalar hajmi keyinçalik foyda soliğining pasaytirilgan stavkasini uzoqroq muddat davomida qöllaş huquqini beruvçi miqdorga yetkazilgan taqdirda, mazkur muddat uzaytiriladi, bunda uni hisoblaş imtiyoz dastlab qöllangan sanadan boşlab amalga oşiriladi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida şaharsozlik loyihalarini amalga oşiruvçi yuridik şaxslarning ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik işlanmalariga doir xarajatlari Soliq kodeksining 312-moddasiga belgilangan tartibda 2-koeffitsiyent qöllangan holda çegirib taşlanadi.
Mol-mulk va yer soliqlari
Investitsiya hajmi kamida 50 million AQŞ dollarini taşkil etadigan şaharsozlik loyihalari doirasida foydalaniladigan (barpo etiladigan, foydalanişga topşirilgan) obyektlar böyiça yuridik şaxslar 20 yil muddatga mol-mulk soliği va yer soliğidan ozod etiladi.
Töğridan-töğri investitsiyalar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilgan taqdirda, mazkur imtiyozlar ularning jami hajmi 50 million AQŞ dollariga yetganidan keyin obyekt foydalanişga topşirilgan sanadan boşlab 20 yil davomida amal qiladi.
QQS
Şaharsozlik loyihasini amalga oşiriş doirasida boş pudratçi va boş loyiha taşkiloti tomonidan Özbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oşirmaydigan çet ellik jismoniy va yuridik şaxslardan sotib olinadigan xizmatlar QQSdan ozod etiladi.
JShODS va ijtimoiy soliq
2040-yil 1-yanvarga qadar investorlar (taşabbuskorlar) tomonidan şaharsozlik loyihasi doirasida olingan dividendlar tarzidagi daromadlar Özbekiston hududiga qayta investisiya qilingan taqdirda, bunday daromadlar soliqdan ozod qilinadi.
Direksiyalar, taşabbuskorlar, pudratçilar tomonidan mehnat şartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy şartnomalar asosida xorijiy davlatlardan jalb qilinadigan, yillik iş haqi 50 ming AQŞ dollaridan ortiq bölgan yuqori malakali loyihaçilar, arxitektorlar, muhandislar va boşqa mutaxassislar uçun ularning mehnatiga haq tölaş tarzidagi daromadlarga nisbatan 3 yilgaça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği (JShODS) va ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi.
Nazarda tutilgan investitsiya summasiga doir barça qoidalar Samarqand şahri "Şirin" massivi uçun 0,6% kamaytiruvçi koeffisiyent hisoblangan holda qöllanadi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida şaharsozlik loyihalari uçun belgilangan barça imtiyozlar, preferensiyalar va qulay şartlar direksiya va investor örtasida tuziladigan investitsiya bitimida körsatiladi.
