Ijtimoiy tarmoqlarda...
2026-11-12 17:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qömitasining 2026-yil 3-noyabr va 4-noyabrdagi elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylaştiriş hamda 6 foizlik stavka böyiça qöşilgan qiymat soliğini (QQS) qöllaşga oid ikki xati yuzasidan savollar yuzaga keldi.
Mazkur xatlar örtasida ziddiyat mavjud emas. Çunki ularning birida EHFni rasmiylaştiriş tartibi, ikkinçisida esa QQSni hisoblaş tartibi tuşuntirilgan.
Soliq kodeksining 238 va 241-moddalariga muvofiq, agar xizmatlarni realizatsiya qiliş joyi Özbekiston Respublikasi deb eʼtirof etilmasa, bunday xizmatlar böyiça QQS, şu jumladan, 6 foizlik stavkada ham tölanmaydi.
Şu bilan birga, xizmatlarni realizatsiya qiliş joyidan qatʼi nazar, EHF rasmiylaştirilişi lozim. Norezidentlarga xizmatlar körsatilganda, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga muvofiq, EHF bir tomonlama tartibda rasmiylaştiriladi.
Bunday EHF rasmiylaştirilganda QQS hisoblanadimi?
Yöq. Axborot tizimida bunday EHFlar QQS hisobotiga kiritilmasligi va soliq soliş obyektini şakllantirmasligini taʼminlovçi texnik imkoniyat allaqaçon joriy etilgan va amalda işlamoqda. Şu sababli 6 foizlik stavkada QQS hisoblanmaydi.
Ötgan davrlar uçun EHF rasmiylaştirilmaganligi qoidabuzarlik hisoblanadimi?
Agar realizatsiya qiliş joyi Özbekiston Respublikasi deb eʼtirof etilmaydigan xizmatlarni körsatiş böyiça operatsiyalar soliq tölovçining hisob registrlarida aks ettirilgan bölsa, bir tomonlama EHF rasmiylaştirilmaganligi soliq bazasini yaşiriş deb hisoblanmaydi.
Şu bilan birga, EHFni rasmiylaştiriş tartibi soliq qonunçiligida belgilanganligini va uning talablariga barça soliq tölovçilar rioya etişi lozimligini eslatib ötamiz.
