TAʼLIM MOLIYASI: ÖZBEKISTON BRITANIYANING ILĞOR TAJRIBASINI ÖRGANMOQDA
2026-11-10 18:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Xalqaro tajriba, samarali boşqaruv va zamonaviy moliyaviy mexanizmlar — taʼlim tizimini rivojlantirişning muhim omillari.
Bugungi kunda Özbekistonda taʼlim sohasini moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş, taʼlim kreditlari tizimining samaradorligini oşiriş hamda davlat boşqaruviga ilğor xorijiy tajribani tatbiq etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ana şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi taşabbusi bilan Buyuk Britaniyada xizmat safarida bölib turgan vazirlik va idoralar vakillaridan iborat delegatsiyaning örganiş işlari davom etmoqda.
Taşrifning ikkinçi kuni delegatsiya Londondagi dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE)da bölib, Buyuk Britaniyaning oliy taʼlimni moliyalaştiriş va taʼlim kreditlarini boşqariş borasidagi tajribasi bilan tanişdi.
Muloqotlar davomida taʼlim kreditlarini ajratiş, kredit majburiyatlari hisobini yuritiş, tölovlarni qabul qiliş va qarzdorlikni undiriş mexanizmlari, şuningdek, uşbu jarayonlarda soliq organlarining örni hamda davlat idoralari örtasida axborot almaşinuvi masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Soliq qömitasi departamenti direktori Törabek Törayev taʼlim kreditlarini qaytarişda soliq maʼmuriyatçiligi mexanizmlaridan foydalaniş, jumladan, soliq organlarining iş beruvçilar va vakolatli davlat taşkilotlari bilan özaro hamkorligiga oid amaliy masalalar muhokamasida iştirok etdi.
Xususan, taʼlim kreditlari böyiça tölovlarni yiğiş, qarzdorlikni hisobga oliş va undirişda soliq maʼmuriyatçiligi imkoniyatlaridan foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Örganilgan tajriba asosida Özbekistonda taʼlim kreditlari tizimining şaffofligi, moliyaviy intizom va boşqaruv samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar ham ilgari surildi.
Zero, xalqaro tajribani çuqur örganiş va milliy islohotlarga tatbiq etiş — barqaror taraqqiyot, samarali boşqaruv va kelajak avlod uçun keng imkoniyatlar yaratiş yölidagi muhim qadamdir.
Xizmat safari doirasidagi örganişlar davom etmoqda.



