Raqamli markirovkalaş tovarlar noqonuniy savdosining oldini oladi
2026-11-09 15:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Özbekistonda majburiy raqamli markirovkalanadigan tovarlar savdosi ustidan avtomatlaştirilgan nazorat mexanizmlari amal qilmoqda.
Uşbu tizim markirovka kodi skanerlanmagan tovarlar sotilişining oldini oliş, kodlardan takroran foydalanişni aniqlaş hamda yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlar sotilişini bloklaş imkonini beradi.
Avtomatik nazorat qanday işlaydi?
Onlayn nazorat-kassa texnikasida (onlayn-NKT) raqamli markirovka kodlarini avtomatik tekşiriş (validatsiya) mexanizmi joriy etilgan. U quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Markirovka kodini majburiy skanerlaş. Agar markirovka kodi skanerlanmasa, tizim kassa çekini rasmiylaştirişni bloklaydi.
2. Kodlardan takroran foydalanişning oldini oliş. Agar markirovka kodi avval boşqa tovarni sotişda foydalanilgan va muomaladan çiqarilgan bölsa, tizim uning qayta sotilişiga avtomatik ravişda yöl qöymaydi.
Masalan, qalbaki tovarga asl mahsulotning ilgari foydalanilgan markirovka kodi qöyilgan bölsa, tizim uşbu qoidabuzarlikni aniqlaydi va kassa çekini rasmiylaştirişni bloklaydi.
3. Yaroqlilik muddatini nazorat qiliş. Markirovkalangan mahsulotning yaroqlilik muddati ötgan bölsa, uning onlayn-NKT orqali sotilişi avtomatik ravişda bloklanadi.
Bundan taşqari, tizim sotuvçiga kirim qilingani töğrisida maʼlumot mavjud bölmagan markirovkalangan tovarlarning sotiliş holatlarini ham aniqlaydi. Bunday holatlar böyiça tadbirkorlarga qoidabuzarliklarni bartaraf etiş yuzasidan rasmiy xabarnomalar yuboriladi.
Isteʼmolçilar nimalarga eʼtibor berişlari kerak?
Hurmatli fuqarolar❗️
Tovar xarid qilişda huquqlaringizni himoya qiliş hamda sifatsiz yoki noqonuniy mahsulotlarni xarid qilişning oldini oliş uçun quyidagi qoidalarga amal qiling:
🧾Kassa çekini albatta talab qiling va undagi tovar nomi xarid qilingan mahsulotga mosligini tekşiring.
🔳 Raqamli markirovka kodi (Data Matrix) mavjudligini tekşiring. Alkogol mahsulotlari, pivo, tamaki mahsulotlari, maişiy texnika, dori vositalari, suv va salqin içimliklarda markirovka kodi mavjudligiga eʼtibor qarating.
🗓 Yaroqlilik muddatini tekşiring va muddati ötgan mahsulotlarni xarid qilmang.
Markirovka kodini “Soliq” mobil ilovasi orqali skanerlang va mahsulot haqidagi mavjud maʼlumotlarni tekşiring.
Joriy etilgan nazorat mexanizmlari savdo jarayonidagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlaş, tovarlarning noqonuniy aylanmasiga tösiq qöyiş hamda savdo şaffofligini oşirişga xizmat qiladi.
