CRM tizimi qanday ishlaydi?
2026-11-05 10:50:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq xavflarini kompleks boşqariş tizimi özaro boğliq bir neçta bosqiçdan iborat:
1. Maʼlumotlarni yiğiş va integratsiya qiliş. Soliq hisobotlari, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari, bank maʼlumotlari va boşqa qonuniy axborot manbalari özaro integratsiya qilinadi.
2. Xavflarni aniqlaş. Maʼlumotlar belgilangan mezonlar, tahliliy modellar va algoritmlar asosida qayta işlanib, ehtimoliy soliq xavflari aniqlanadi.
3. Xavflarni baholaş va segmentlaş. Aniqlangan xavflar darajasi, ehtimoli va taʼsiridan kelib çiqib soliq tölovçilar tegişli segmentlarga ajratiladi.
4. Xavflarni boşqariş çoralarini belgilaş. Har bir xavf turi va darajasi uçun profilaktika, tuşuntiriş, ixtiyoriy bartaraf etiş yoki zarur hollarda soliq nazorati çoralari belgilanadi.
5. Xavflarni bartaraf etiş. Soliq tölovçilar bilan hamkorlikda aniqlangan nomutanosibliklar va kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari amalga oşiriladi.
6. Natijalarni monitoring qiliş va baholaş. Körilgan çoralarning samaradorligi, xavf darajasining özgarişi va soliq intizomiga taʼsiri baholanadi. Olingan natijalar asosida tahliliy modellar va boşqaruv çoralari takomillaştiriladi.
CRM – zamonaviy soliq maʼmurçiligining muhim vositasi
Soliq xavflarini kompleks boşqariş tizimi soliq organlari faoliyatini raqamlaştirişning navbatdagi bosqiçi bölib, u zamonaviy texnologiyalar, maʼlumotlar tahlili va xavflarni boşqarişning ilğor usullarini birlaştiradi. Tizimning samaradorligi soliq xavflarini qançalik köp aniqlaşi bilan emas, balki ularni öz vaqtida bartaraf etiş, soliq tölovçilarning ixtiyoriy rioya qiliş darajasini oşiriş va soliq maʼmurçiligidagi umumiy natijadorlikni taʼminlaş bilan belgilanadi.
Asosiy maqsad – soliq tölovçilar uçun qulay, adolatli va şaffof muhitni yaratiş, soliq organlari xodimlari uçun esa zamonaviy tahlil vositalariga asoslangan samarali boşqaruv tizimini şakllantirişdir.
Soliq organlari va soliq tölovçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, soliq intizomini oşiriş va tadbirkorlik faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş orqali CRM tizimi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanişiga ham xizmat qiladi.
